Ayt: «Albatta, Robbim rizqni O`z bandalaridan kimni xohlasa o`shanga keng qilur va tor qilur. Har bir infoq qilgan narsangizning o`rnini U to`ldirur. U zot rizq berguvchilarning yaxshisidir». Saba 34:39 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ayting: "Darhaqiqat, Parvardigorim Oʻzi istagan bandasiga rizqni keng qilib beradi. Istagan bandasiga tang qilib beradi. Alloh yoʻlida nimani sarf etsangizlar, Alloh uning oʻrnini bu dunyoda undan ham yaxshirogʻini berib toʻldirib qoʻyadi. Oxiratda esa koʻp ajru savoblar ato etadi. Alloh subhonahu eng yaxshi rizq berguvchidir. Kim rizq talabida boʻlsa, uning sabablariga, vositalariga murojaat qilsin.