Ular: «Sen poksan! Sen bizning valiyimizsan! Ular emas! Yo`q! Ular jinlarga ibodat qilar edilar. Ko`plari o`shalarga iymon keltirguvchidirlar», derlar. Saba 34:41 ⧉
Tafsir:
Farishtalar dedilar: "Sen Pok va Muqaddassan! Ular emas, Sen bizning doʻstimizsan. Biz bilan ular orasida hech qanday doʻstlik boʻlgan emas. Aksincha, mushriklar shaytonlarga ibodat qilardilar. Ularni farishta deb xayol qilardilar-da, Allohni qoʻyib, oʻshalarga ibodat qilardilar. Koʻplari oʻshalarga ishonardilar".