Ular: «Unga iymon keltirdik», derlar. Endi, uzoq bir makondan qo`llari qandoq yetsin?! Saba 34:52 ⧉
Tafsir:
Oqibatni koʻrishgach, Qiyomat kuniga iymon keltirdik, deb qolishdi. Endi ularning iymoni qayerdan ham qabul boʻlsin. Ular allaqachon dunyo olamidan chiqib ketganlar-ku. Dunyo hayoti amal diyori edi. Endi u yoʻq, tugadi, bitdi. Oxirat esa amal diyori emas, jazo yoki mukofot diyoridir.