U, Allohga nisbatan yolg`on to`qidimi yoki jinni bo`lib qoldimi?» – dedilar. Yo`q! Oxiratga iymon keltirmaydiganlar azobda va yiroq zalolatdadirlar. Saba 34:8 ⧉
Tafsir:
Dedilar: "Bu odam Alloh nomidan yolgʻon toʻqib, oʻzicha oʻlgandan keyin yana qayta tirilish bor, deb davo qildimi yoki u ogʻziga kelganini deyaveradigan jinnimi?" Aslo! Aslo ular oʻylagandek emas. Haqiqat shuki, iymon keltirmaydiganlar oxiratda azobga duchor boʻladilar. Bu dunyoda esa haqdan uzoq adashib yuradilar.