Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Fatir — Oyat 8 (Oʻzbekcha) — Video

Fatir • Oyat 45 dan 8 • Oʻzbekcha


أَفَمَنْ زُيِّنَ لَهُ سُوءُ عَمَلِهِ فَرَآهُ حَسَنًا ۖ فَإِنَّ اللَّهَ يُضِلُّ مَنْ يَشَاءُ وَيَهْدِي مَنْ يَشَاءُ ۖ فَلَا تَذْهَبْ نَفْسُكَ عَلَيْهِمْ حَسَرَاتٍ ۚ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ بِمَا يَصْنَعُونَ 8
Tarjima:
Axir, qilgan yomon amali o`ziga ziynatlab ko`rsatilib, uni go`zal deb bilgan odam(dan yaxshilik chiqarmidi)?! Albatta, Alloh xohlagan kimsani zalolatga ketkazur, xohlagan kimsani hidoyatga solur. Bas, ularga joning hasrat-la achinmasin. Albatta, Alloh nima qilayotganlarini yaxshi bilguvchidir. Fatir 35:8
Tafsir:
Shayton bir odamga yomon ishni yaxshi ish qilib koʻrsatsa va u oʻsha ishni yaxshi ish deb etiqod qilsa, shu odam haqni haq deb etiqod qilgan kishi kabi boʻladimi? Bas, Alloh Oʻzi istagan odamni adashtiradi, istagan odamni hidoyat qiladi. Uni hech kim hech ishga majbur qila olmaydi. Shunday ekan, ey Paygʻambar, adashganlar uchun joningiz achimasin. Alloh ular qilib yurgan ishlarni bilib turadi. U Zotga ular qilayotgan ishlardan birontasi ham yashirin emas.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Fatir • Oyat 7 Keyingi Fatir • Oyat 9