Ular uchun o`shalarda manfaatlar va ichimliklar bor. Axir, shukr qilmaydilarmi?! Yosin 36:73 ⧉
Tafsir:
Ular uchun oʻsha hayvonlarda minish va yeyishdan boshqa yana koʻp foydalar ham bor. Ularning yunglaridan, terilaridan, yogʻlaridan ham foydalanadilar. Masalan, kiyimlar, toʻshaklar tikadilar. Ular uchun oʻsha hayvonlarda ichimliklar ham bor. Masalan, sutlaridan ichadilar. Shuncha nematlarni ato etgan Allohga shukr qilmaydilarmi?