Sen: «Ularni ilk marta yo`qdan bor qilgan Zot tiriltiradi va u har bir yaratilgan narsani yaxshi bilguvchidir», deb ayt. Ya-Sin 36:79 ⧉
Tafsir:
Ey Muhammad, ayting: "Oʻsha chirib ketgan suyaklarni dastlab insonni yoʻqdan bor qilgan, bir tomchi suvdan yaratgan Zot tiriltiradi. Dastlab yoʻqdan bor qilgan Zot uni yana qayta hayotga qaytara olmaydimi? U Zot hamma yaratilganlarni yaxshi biladi. Biron narsa U Zotdan yashirin qola olmas".