«Qo`lingga bir dastani ol-da, u bilan ur. Qasamingni buzma», (dedi). Biz uni sabrli topdik. U qanday ham yaxshi banda. Albatta, u o`ta qaytguvchidir. Sad 38:44 ⧉
Tafsir:
Ayyub xotinidan gʻazablanib, uni yuz darra uraman, deb qasam ichib qoʻygandi. Biz unga dedik: "Ey Ayyub, qasamingni bajarib qoʻyish uchun (yuz toladan iborat) bir bogʻ novdani olib, oʻsha bilan ur. Qasamingni buzma. Ayyub bir bogʻ novdani olib, oʻsha bilan xotinini urdi. Biz uni balolarga sabrli topdik. U naqadar yaxshi banda. U tavba-tazarrular ila Allohga koʻp qaytguvchidir.