Bizning ichimizdan o`shanga zikr nozil qilinibdimi?!» – deb turib ketdilar. Yo`q! Ular Mening Zikrim haqida shak-shubhadadirlar. Yo`q! Ular azobimni tatib ko`rmadilar. Sad 38:8 ⧉
Tafsir:
"Quron oramizda shuncha ulugʻlar boʻla terib, kelib-kelib oʻshanga tushib qolibdimi?" Aksincha, mushriklar sizga nozil qilingan vahiy haqida shubha-gumondadirlar. Ular hali Allohning azobini tatib koʻrmadilar. Shuning uchun hovliqyaptilar. Tatib koʻrgan boʻlganlarida kufr, shirk, shubha-gumonlarga jurat eta olmagan boʻlardilar.