Lekin Robbilariga taqvo qilganlar uchun boloxonalar ustidan boloxonalar bino qilingandir. Ostlaridan anhorlar oqib turur. Allohning va'dasi shu! Alloh va'daga xilof qilmas. Az-Zumar 39:20 ⧉
Tafsir:
Lekin Parvardigorlaridan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qiladigan zotlar uchun ustma-ust qurilgan baland-baland binolar boʻlib, ostidan anhorlar oqib oʻtadi. Ularga Alloh shularni vada qilgan. Alloh vadasiga xilof qilmas.