Alloh O`z bandasiga yetarli emasmi?! Ular seni Undan boshqalar bilan qo`rqiturlar. Kimni Alloh zalolatga ketkazsa, bas, uning uchun hech bir hidoyat qilguvchi yo`q. Az-Zumar 39:36 ⧉
Tafsir:
Bandasi Muhammad alayhissalomga din ishida ham, dunyo ishida ham, dushmandan himoya qilishda ham Allohning Oʻzi kifoya qilmasmi? Ular esa sizni nodonliklari va kaltafahmliklari bois oʻzlari ibodat qiladigan butlaridan qoʻrqitmoqchi boʻladilar. Alloh kimga tavfiq, rushdu hidoyat bermagan boʻlsa, unga hech kim tavfiq ham, rushdu hidoyat ham bera olmas.