Albatta, Biz odamlar uchun senga kitobni haq ila tushirdik. Bas, kim hidoyatga yursa, o`ziga foyda. Kim zalolatga ketsa, o`ziga zarar. Sen ularga vakil (qo`riqchi) emassan. Az-Zumar 39:41 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, sizga Quronni haq ila odamlarni ogohlantirishingiz uchun nozil qildik. Bas, kim hidoyat topsa, oʻziga foyda. Uning hidoyatidan Allohga foyda yoʻq. Zero, Alloh undan Behojatdir. Kim adashsa, oʻziga zarar. Uning adashgani Allohga zarar qilmaydi. Siz ularni hidoyatga majburlab kiritishga vakil emassiz. Sizning vazifangiz yetkazib qoʻyish, xolos.