Yoki Allohdan o`zga shafoatchilar tutganlarmi?! Sen: «Axir, ular biror narsaga ega bo`lmasalar va biror narsani anglamasalar ham-a?!» – deb ayt. Az-Zumar 39:43 ⧉
Tafsir:
Mushriklar but va sanamlarini shafoatchilar qilib olganlar. Allohni qoʻyib, oʻshalardan umid qiladilar. Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Ular sizlarga ham, oʻzlariga ham hech ish qilib bera olmaydigan notavonlar boʻlsa ham oʻshalarni shafoatchilar qilib olasizlarmi? Axir ular gapirmaydigan, eshitmaydigan, koʻrmaydigan, foyda ham, zarar ham qilmaydigan jonsiz narsalar-ku!