Bas, qachonki insonni zarar tutsa, u Bizga duo qilur. So`ngra unga Biz O`zimizdan ne'mat bersak: «Albatta, bu menga ilmim tufayli berildi», der. Yo`q! U sinovdir. Lekin ko`plari bilmaslar. Az-Zumar 39:49 ⧉
Tafsir:
Kofir odamga kasallik, kambagʻallik kabi biron ziyon-zahmat yetsa, uni aritishimizni soʻrab Bizga duo-iltijo qildi. Keyin unga sogʻlik, mol-davlat kabi biron nematni ato etsak, "Alloh buni menga oʻzim haqli boʻlganim uchun berdi", dedi. Aslida esa bu ish bir sinovdir. Lekin kofirlarning koʻplari buni bilmaydilar-da, Alloh bergan nematlarga aldanadilar.