Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Az-Zumar — Oyat 52 (Oʻzbekcha) — Video

Az-Zumar • Oyat 75 dan 52 • Oʻzbekcha


أَوَلَمْ يَعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ يَبْسُطُ الرِّزْقَ لِمَنْ يَشَاءُ وَيَقْدِرُ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَاتٍ لِقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ 52
Tarjima:
Ular Alloh xohlagan kishisiga rizqni keng va tor qilishini bilmasmidilar?! Albatta, bunda iymon keltirguvchi qavmlar uchun oyat(belgi)lar bordir. Az-Zumar 39:52
Tafsir:
Anavi mushriklar deganlarini dedilar va bilmadilarki, Alloh Oʻzi istagan odamga rizqni moʻl qilib beradi. Sinash uchun: shukr qiladimi yoki nonkoʻrlik qiladimi? Istagan odamiga tang qilib beradi. Uni ham sinash uchun: sabr qiladimi yoki Allohning qadaridan norozi boʻladimi? Bu kabi rizqning moʻl yoki tang qilib berilishida moʻmin qavm uchun Allohning tadbiriga dalolat qiluvchi belgilar bordir. Zero, faqat moʻminlargina bu belgilardan foydalana oladilar. Kofirlar esa ularning yonidan yuz oʻgirib oʻtib ketadilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Az-Zumar • Oyat 51 Keyingi Az-Zumar • Oyat 53