Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Az-Zumar — Oyat 6 (Oʻzbekcha) — Video

Az-Zumar • Oyat 75 dan 6 • Oʻzbekcha


خَلَقَكُمْ مِنْ نَفْسٍ وَاحِدَةٍ ثُمَّ جَعَلَ مِنْهَا زَوْجَهَا وَأَنْزَلَ لَكُمْ مِنَ الْأَنْعَامِ ثَمَانِيَةَ أَزْوَاجٍ ۚ يَخْلُقُكُمْ فِي بُطُونِ أُمَّهَاتِكُمْ خَلْقًا مِنْ بَعْدِ خَلْقٍ فِي ظُلُمَاتٍ ثَلَاثٍ ۚ ذَٰلِكُمُ اللَّهُ رَبُّكُمْ لَهُ الْمُلْكُ ۖ لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ فَأَنَّىٰ تُصْرَفُونَ 6
Tarjima:
U sizlarni bir jondan yaratdi. So`ngra undan juftini qildi va sizlarga chorva hayvonlaridan sakkiz juftni tushirdi. U sizni onalaringiz qornida uch zulmat ichida bir yaratishdan keyin yana boshqa yaratishga o`tkazib, asta yaratadir. Ana o`sha Alloh Robbingizdir. Barcha mulk Unikidir. Undan o`zga hech bir ibodatga sazovor zot yo`q. Bas, qayon burilib ketmoqdasiz?! Az-Zumar 39:6
Tafsir:
Ey odamlar, Parvardigoringiz sizlarni bir jondan, yani, Odamdan yaratdi. Keyin Odamdan uning jufti Havvoni yaratdi. Sizlarga tuya, sigir, echki va qoʻy kabi chorva hayvonlaridan sakkiz juftni yaratdi. U sizlarni onalaringiz qornida bosqichma-bosqich uch zulmat, yani, qorin, bachadon va yoʻldosh (platsenta) ichida asta-sekin yaratur. Shularning hammasini yaratgan Alloh Parvardigoringizdir. Barcha mulk yolgʻiz Unikidir. Undan oʻzga chin mabud yoʻqdir. Bas, shunday Parvardigoringiz boʻla turib, qanday qilib hech narsani yarata olmaydiganlarga ibodat qilish sari burilib ketasizlar?!
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Az-Zumar • Oyat 5 Keyingi Az-Zumar • Oyat 7