Ular Allohning qadrini to`g`ri taqdirlamadilar. Holbuki, Yer borligicha Uning siqimidadir. Osmonlar esa, Uning qo`liga yig`ilgandir. U zot ular shirk keltirayotgan narsalardan pok va yuksakdir. Az-Zumar 39:67 ⧉
Tafsir:
Mushriklar Allohni yetarlicha ulugʻlamasdan, Unga zaif, ojiz maxluqotlarni sherik qildilar. Allohning qudrati naqadar buyuk ekanidan gʻaflatda qoldilar. Bu qudratning koʻrinishlaridan biri shuki, yer yuzi oʻzidagi barcha togʻlari, daraxtlari, daryolari, dengizlari bilan birga Qiyomat kuni U Zotning Changalida boʻladi. Yetti osmonning hammasi Uning Qoʻlida gʻijimlanib turadi. U Zot mushriklar aytayotgan sheriklardan Pok va Oliydir.