Yo`qsa, u kechalari ibodat qilib, sajda etgan, bedor holida oxiratdan qo`rqib, Robbi rahmatidan umidvor bo`lgan odamga tengmi?! Sen: «Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo`larmidi?!» – deb ayt. Albatta, aql egalarigina eslarlar. Az-Zumar 39:9 ⧉
Tafsir:
Yoki kechalari sajda qilgan va tik turgan holda Parvardigoriga toat-ibodat qiladigan, oxirat azobidan qoʻrqadigan va Parvardigorining rahmatidan umidvor boʻladigan kishi bilan qiyinchilik paytida Allohga ibodat qilib, farovonlikda U Zotga shirk keltirgan kofir barobar boʻlurmi?! Ey Paygʻambar, ayting: "Allohni tanib, U Zot vojib qilgan ishlarni biladiganlar bilan bu borada hech narsani bilmaydiganlar barobarmi?!" Darhaqiqat, bu ikki guruh orasidagi farqni aqli borlar ajrata oladilar.