Va ahdnomalariga muvofiq, ustilariga Turni ko`tardik va ularga: «Eshikdan egilib kiringlar» hamda «Shanba kuni haddingizdan oshmang», dedik. Va ulardan mustahkam ahdnoma oldik. An-Nisa 4:154 ⧉
Tafsir:
Ulardan qattiq ahd olganimiz sababli ustlariga togʻni koʻtarib qoʻydik. Toki, undan qoʻrqib, ahdlariga vafo qilsinlar. Shundan keyin ularga: "Baytul-maqdis eshigidan sajda qilib, boshingizni egib kiringiz", dedik. Ular esa orqalari bilan kirdilar. Ularga: "Shanba kuni ov qila koʻrmanglar", dedik. Ular esa ov qilaverdilar. Ulardan qattiq ahd olgandik. Ular esa ahdlarini buzdilar.