Masiyh ham, muqarrab farishtalar ham Allohga banda bo`lishdan zinhor bosh tortmaslar. Kim Uning ibodatidan bosh tortsa va mutakabbirlik qilsa, ularning hammasini O`ziga to`plar. Niso 4:172 ⧉
Tafsir:
Iyso ibn Maryam ham, yuqori martabali muqarrab* farishtalar ham Allohga banda boʻlishdan or qilmaydilar-ku! Qanday qilib sizlar Iysoni oʻzingizga xudo qilib olasiz? Qanday qilib mushriklar farishtalarni oʻzlariga xudo qilib oladilar? Kim Allohga bandalik qilishdan or qilib, oʻzini katta olsa, bilib qoʻysinki, yaqinda qiyomat kuni Alloh hammani mahshargohga toʻplaydi va hammaga amaliga yarasha jazo yo mukofotini beradi.