Allohga iymon keltirgan va Uni mahkam tutganlarni, shubhasiz, O`zidan bo`lgan rahmatga va fazlga kiritur va ularni unga — to`g`ri yo`lga hidoyat qilur. An-Nisa 4:175 ⧉
Tafsir:
Allohga iymon keltirib, paygʻambariga nozil qilgan Quronni mahkam tutganlarni Alloh rahmat qilib, jannatga kiritadi. Ularning savoblarini koʻpaytirib, martabalarini yuqori qiladi. Ularni hech qanday egriligi boʻlmagan eng toʻgʻri yoʻlga - Adn jannatlariga olib boradigan yoʻlga yoʻllaydi.