Ey, iymon keltirganlar! Mast holingizda — to aytayotgan gapingizni biladigan bo`lmaguningizcha — namozga yaqinlashmang va junub holingizda ham, to g`usl qilmaguningizcha. Magar yo`ldan o`tuvchi bo`lsa, mayli. Agar bemor yoki safarda bo`lsangiz yoki sizdan biringiz tahoratxonadan kelsa yoxud ayollarga yaqinlashgan bo`lsangiz-u, suv topa olmasangiz, pokiza tuproq-la tayammum qiling. Bas, yuzingizga va qo`llaringizga mas'h torting. Albatta, Alloh afv etuvchi va mag`firat qiluvchi Zotdir.
An-Nisa 4:43 ⧉