Yoki Alloh odamlarga O`z fazlidan bergan narsalarga hasad qilmoqdalarmi? Batahqiq, Ibrohim oilasiga kitobni, hikmatni va ulug` mulkni berganmiz-ku?! An-Nisa 4:54 ⧉
Tafsir:
Aslida ular Muhammad alayhissalom va u zotning sahobalaridagi paygʻambarlik, iymon va barqarorlikka hasad qilyaptilar. Ajabo, nega hasad qiladilar? Axir Biz oldin Ibrohim zurriyotiga ham samodan nozil qilingan kitobni, vahiyni va juda katta mulkni berganmiz-ku?!