Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Niso — Oyat 64 (Oʻzbekcha) — Video

Niso • Oyat 176 dan 64 • Oʻzbekcha


وَمَا أَرْسَلْنَا مِنْ رَسُولٍ إِلَّا لِيُطَاعَ بِإِذْنِ اللَّهِ ۚ وَلَوْ أَنَّهُمْ إِذْ ظَلَمُوا أَنْفُسَهُمْ جَاءُوكَ فَاسْتَغْفَرُوا اللَّهَ وَاسْتَغْفَرَ لَهُمُ الرَّسُولُ لَوَجَدُوا اللَّهَ تَوَّابًا رَحِيمًا 64
Tarjima:
Qaysi bir Payg`ambarni yuborgan bo`lsak, Allohning izni ila faqat itoat qilinishi uchun yuborganmiz. Agar ular o`zlariga o`zlari zulm qilgan chog`larida huzuringga kelib, Allohga istig`for aytganlarida va Payg`ambar ham ular uchun istig`for aytganida edi, albatta, Alloh tavbalarni qabul etuvchi va rahimli Zot ekanini topgan bo`lur edilar. Niso 4:64
Tafsir:
Qaysi bir paygʻambarni yuborgan boʻlsak, unga qavmi itoat etishi uchun yuborganmiz. Zero, paygʻambar Allohning irodasi va taqdiri ila farmon beradi. Gunohlar qilib, oʻzlariga oʻzlari zulm qilgan paytlarida oldingizga kelib, aybiga iqror boʻlib, nadomat chekib, tavba qilib, istigʻfor aytganlarida va siz ham ular uchun magʻfirat soʻraganingizda, Allohning tavbalarni qabul etuvchi va rahmli Zot ekanini topgan boʻlardilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Niso • Oyat 63 Keyingi Niso • Oyat 65