O`zlari zaifhol zurriyotlarini ortdan qoldirishdan qanday qo`rqsalar, (boshqalar haqida ham) shunday qo`rqsinlar. Bas, Allohdan qo`rqsinlar va to`g`ri so`z aytsinlar. An-Nisa 4:9 ⧉
Tafsir:
Yetimlarni otaliqqa olgan valiylar oʻz tanalariga bir oʻylab koʻrsinlar. Oʻzlari oʻlib, orqalaridan qolgan ojiz-notavon bolalari birovlarning qoʻliga qolsa, ahvoli nima kechardi? Bolalari bir insofli, zulm qilmaydigan odamning qoʻlida qolishini istasalar, oʻzlari ham qoʻl ostidagi yetimlarga zulm qilmasinlar. Bir odamning vasiyatiga guvoh boʻlsalar, haqni gapirsinlar, merosxoʻrlarning haqiga xiyonat qilmasinlar, uni yashirib, oʻzlarini ham yaxshilikdan mahrum qilib qoʻymasinlar.