Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ghafir — Oyat 64 (Oʻzbekcha) — Video

Ghafir • Oyat 85 dan 64 • Oʻzbekcha


اللَّهُ الَّذِي جَعَلَ لَكُمُ الْأَرْضَ قَرَارًا وَالسَّمَاءَ بِنَاءً وَصَوَّرَكُمْ فَأَحْسَنَ صُوَرَكُمْ وَرَزَقَكُمْ مِنَ الطَّيِّبَاتِ ۚ ذَٰلِكُمُ اللَّهُ رَبُّكُمْ ۖ فَتَبَارَكَ اللَّهُ رَبُّ الْعَالَمِينَ 64
Tarjima:
Alloh sizga yerni qarorgoh, osmonni tom qilgan va sizlarning suvratlaringizni go`zal suvratda qilgan, sizlarga pok narsalardan rizq bergan Zotdir. Ana o`sha Alloh Robbingizdir. Bas, olamlarning Robbi Alloh barakotli (yuksak) bo`ldi. Ghafir 40:64
Tafsir:
Ey odamlar, Alloh shunday Zotki, sizlarga yerni yashash uchun qarorgoh, samoni esa ustingizga qulab tushadigan narsalardan himoya etadigan mustahkam tom ayladi. Sizlarga onalaringizning qornida shakl berar ekan, suratlaringizni chiroyli qildi. Sizlarga halol-pok rizq berdi. Sizlarga mana shu nematlarni ato etgan Alloh Parvardigoringizdir. Bas, hamma maxluqotlarning Parvardigori Alloh barakotli boʻldi. Undan oʻzga parvardigor yoʻqdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ghafir • Oyat 63 Keyingi Ghafir • Oyat 65