Landscape MP4 Vertical MP4

Sura G‘ofir — Oyat 67 (Oʻzbekcha) — Video

G‘ofir • Oyat 85 dan 67 • Oʻzbekcha


هُوَ الَّذِي خَلَقَكُمْ مِنْ تُرَابٍ ثُمَّ مِنْ نُطْفَةٍ ثُمَّ مِنْ عَلَقَةٍ ثُمَّ يُخْرِجُكُمْ طِفْلًا ثُمَّ لِتَبْلُغُوا أَشُدَّكُمْ ثُمَّ لِتَكُونُوا شُيُوخًا ۚ وَمِنْكُمْ مَنْ يُتَوَفَّىٰ مِنْ قَبْلُ ۖ وَلِتَبْلُغُوا أَجَلًا مُسَمًّى وَلَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ 67
Tarjima:
U sizni tuproqdan, so`ngra nutfadan, so`ngra (yopishqoq) laxta qondan yaratgan Zotdir. So`ngra U sizni buvak holingizda chiqarur. So`ngra kamolga yetishingiz uchun, so`ngra qari bo`lishingiz uchun (ulg`aytirur). Sizning ichingizda undan oldin vafot etadiganlar ham bo`lur. (Bular) belgilangan ajalga yetishingiz uchundir. Shoyadki, aql yuritsangiz. G‘ofir 40:67
Tafsir:
U shunday Zotki, otangiz Odamni tuproqdan yaratdi. Keyin sizlarni nutfadan, undan keyin laxta qondan yaratdi. Shulardan keyin onalaringizning qornidan chaqaloq qilib chiqardi. Keyin iligingiz toʻlib, balogʻatga yetasizlar. Keyin yoshingiz oʻtib, chol boʻlasizlar. Orangizda kimdir undan oldin vafot etib ketadi. Allohgagina malum boʻlgan bir muddatga qadar yashaysizlar. Undan kamayib ham qolmaydi, oshib ham ketmaydi. Shoyadki, mana shu Allohning qudrati va birligiga dalolat qiluvchi dalil va hujjatlardan unumli foydalana olsangizlar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi G‘ofir • Oyat 66 Keyingi G‘ofir • Oyat 68