Bas, sabr qil. Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Endi Biz yoki senga ularga va'da qilgan narsalarimizning ba'zilarini ko`rsaturmiz yoki seni vafot ettirurmiz. Bas, Bizgagina qaytarilurlar. Ghafir 40:77 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, qavmingiz tarafidan yetayotgan ozorlarga sabr qiling. Allohning sizga nusrat berishi haqidagi vadasi haqdir. Yo Badr gʻazotida roʻy berganidek, ularga vada qilganimiz azobni oʻz koʻzingiz bilan koʻrarsiz yoki undan oldin sizni vafot ettirarmiz. Shunda ham Qiyomat kuni Bizga qaytarilurlar va Biz ularni amallariga yarasha jazolab, doʻzaxga mangu qoladigan qilib uloqtirarmiz.