Ey Robbimiz, ularni ham, otalaridan, juftlaridan va zurriyotlaridan ahli solih bo`lganlarini ham O`zing ularga va'da qilgan adn jannatlariga kiritgin. Albatta, Sening O`zing aziyzu o`ta hikmatli zotsan. Ghafir 40:8 ⧉
Tafsir:
Farishtalar aytadilar: "Parvardigoro, moʻminlarni ham, ular bilan birga ota-bobolari, jufti halolllari va bolalari orasidagi solihlarni ham Oʻzing vada qilgan jannatga kiritgin. Darhaqiqat, Sen hammadan Gʻolibsan, Azizsan, har bir taqdirini va tadbirini hikmat bilan qilguvchi Hakimsan.