Allohga da'vat qilgan, solih amallarni qilgan va «Albatta, men musulmonlardanman!» degan kishidan ham go`zal so`zli kim bor?! Fussilat 41:33 ⧉
Tafsir:
Allohni yagona iloh deb bilishga va U Zotning shariatiga amal qilishga chaqiradigan, oʻzi ham Parvardigorini rozi qiladigan solih amallarni bajaradigan va: "Men Allohga boʻysunadigan bandalardanman", deydigan kimsadan koʻra chiroyliroq soʻzlaydigan biron kimsa yoʻq.