Ana shunday qilib, Biz senga shaharlarning onasini va uning atrofini ogohlantirishing uchun, bo`lishida hech shubha yo`q jamlash kunidan ogohlantirishing uchun arabiy Qur'onni yubordik. Bir guruh jannatda, bir guruh do`zaxda. Ash-Shura 42:7 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, sizdan oldingi paygʻambarlarga nozil qilganimizdek, sizga ham arabiy Quronni Makka ahli va uning atrofidagilarni oldingiyu keyingi hamma-hamma hisob-kitob uchun, jazo yoki mukofot uchun toʻplanadigan Qiyomat kunidan ogohlantirishingiz uchun vahiy qildik. Bu kunning kelishi muqarrardir. Unda shak-shubha yoʻq. U paytda odamlar ikki guruhga ajraladilar. Bir guruh, yani, moʻminlar jannatda boʻlsalar, boshqalari, yani, kofirlar doʻzaxda boʻladilar.