Bular Allohning oyatlaridir. Biz ularni senga haq ila tilovat qilurmiz. Ular Allohni va Uning oyatlarini qo`yib, qaysi gapga iymon keltirurlar?! Josiya 45:6 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, bular belgilar va hujjatlardir. Ularni sizga haq ila tilovat qilib beryapmiz. Allohning Oʻz bandasiga nozil qilgan gapi va hujjatlari turganda yana qaysi gapga ishonadilar, qaysi hujjatlarni tasdiq etadilar?!