Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ahqof — Oyat 28 (Oʻzbekcha) — Video

Ahqof • Oyat 35 dan 28 • Oʻzbekcha


فَلَوْلَا نَصَرَهُمُ الَّذِينَ اتَّخَذُوا مِنْ دُونِ اللَّهِ قُرْبَانًا آلِهَةً ۖ بَلْ ضَلُّوا عَنْهُمْ ۚ وَذَٰلِكَ إِفْكُهُمْ وَمَا كَانُوا يَفْتَرُونَ 28
Tarjima:
Qani endi, Allohni qo`yib, U zotga yaqinlashtiruvchi deb tutingan «xudolari» ularga yordam bersalar edi. Yo`q! Ular g`oyib bo`ldilar. Va bu ularning uydirma hamda to`qigan bo`htonlaridir. Ahqof 46:28
Tafsir:
Allohni qoʻyib, oʻsha xudo qilib olgan butlari ularga yordam berarmikin?! Ibodatlaru qurbonliklar bilan ularga sigʻinayotgan edilar-ku! Aslo. Hech qachon yordam bera olmaydilar. Aksincha, ularga eng muhtoj boʻlgan paytlarida ular koʻzga koʻrinmay qoladilar. Bu ularning yolgʻonlari va uydirmalaridan boshqa narsa emas. Ular, bu butlar foyda beradi, Allohning huzurida shafoat qiladi, deb oʻzlarini oʻzlari aldab yuribdilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ahqof • Oyat 27 Keyingi Ahqof • Oyat 29