Bunday bo`lishi, albatta, ularning Allohni g`azablantirgan narsaga ergashganlari va Uning roziligini xush ko`rmaganliklari sababidandir. Bas, U zot amallarini habata qildi. Muhammad 47:28 ⧉
Tafsir:
Bunday azobga duchor boʻlishlariga sabab shuki, ular Allohni gʻazablantiradigan kufr, munofiqlik, Allohga va Paygʻambarga qarshi chiqish kabi ishlarga ergashdilar. Parvardigorga yaqinlashtiradigan va U Zotning rizosiga olib boradigan Allohga iymon keltirish va Paygʻambarga itoat etish kabi ishlarni esa yoqtirmadilar. Bas, Alloh ularning amallarini habata qildi.