Agar kofirlar sizlar bilan urushganlarida, orqaga qarab qochar edilar, so`ngra o`zlariga valiy ham, nusrat berguvchi ham topmasdilar. Al-Fath 48:22 ⧉
Tafsir:
Ey moʻminlar, Allohga va Rasuliga kufr keltirganlar sizlar bilan jang qilganlarida magʻlub boʻlib chekinishlari tayin edi. Keyin oʻzlariga biron boshqaradigan doʻst ham, yordam qoʻlini uzatadigan madadkor ham topa olmaslar.