Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Ma'idah — Oyat 33 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Ma'idah • Oyat 120 dan 33 • Oʻzbekcha


إِنَّمَا جَزَاءُ الَّذِينَ يُحَارِبُونَ اللَّهَ وَرَسُولَهُ وَيَسْعَوْنَ فِي الْأَرْضِ فَسَادًا أَنْ يُقَتَّلُوا أَوْ يُصَلَّبُوا أَوْ تُقَطَّعَ أَيْدِيهِمْ وَأَرْجُلُهُمْ مِنْ خِلَافٍ أَوْ يُنْفَوْا مِنَ الْأَرْضِ ۚ ذَٰلِكَ لَهُمْ خِزْيٌ فِي الدُّنْيَا ۖ وَلَهُمْ فِي الْآخِرَةِ عَذَابٌ عَظِيمٌ 33
Tarjima:
Allohga va Uning Payg`ambariga qarshi urush qiluvchilar, yer yuzida fasod qiluvchilarning jazosi, albatta, o`ldirilmoqlari yoki osilmoqlari yoxud qo`l-oyoqlari qarama-qarshi tomondan kesilmog`i yoki yer yuzida surgun qilinmoqlaridir. Bu, ularga bu dunyoda or bo`lur. Oxiratda esa, ularga ulkan azob bor. Al-Ma'idah 5:33
Tafsir:
Alloh va Rasuliga qarshi urushadigan, bosqinchilik, qaroqchilik va qirgʻinbarot bilan yer yuzini fasodga toʻldiradigan kimsalarning jazosi oʻldirilishlari yo osilishlari yoki qoʻl-oyoqlarining qarama-qarshi tarafdan kesilishi, yani, oʻng oyoq bilan chap qoʻl yoki chap oyoq bilan oʻng qoʻlning kesilishi yoxud diyorlaridan surgun qilinishlaridir. Bu jazo ular uchun bu dunyoda sharmandalikdir. Yana ularga oxiratda ulugʻ azob bordir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Ma'idah • Oyat 32 Keyingi Al-Ma'idah • Oyat 34