Ey, iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va Unga vasiyla axtaringiz hamda Uning yo`lida jihod qilingiz. Shoyadki, yutuqqa erishsangiz. Al-Ma'idah 5:35 ⧉
Tafsir:
Ey iymon keltirganlar, Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish bilan taqvo qilingiz, buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish orqali Unga yaqin boʻlish yoʻllarini qidiringiz, Uning rizosi yoʻlida kofirlarga qarshi jang qilingiz. Shoyad shunda izlagan, orzu qilgan narsalaringizga erishib, qoʻrqayotgan, ehtiyot boʻlayotgan narsalaringizdan najot topsangiz.