Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Ma'idah — Oyat 49 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Ma'idah • Oyat 120 dan 49 • Oʻzbekcha


وَأَنِ احْكُمْ بَيْنَهُمْ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَاءَهُمْ وَاحْذَرْهُمْ أَنْ يَفْتِنُوكَ عَنْ بَعْضِ مَا أَنْزَلَ اللَّهُ إِلَيْكَ ۖ فَإِنْ تَوَلَّوْا فَاعْلَمْ أَنَّمَا يُرِيدُ اللَّهُ أَنْ يُصِيبَهُمْ بِبَعْضِ ذُنُوبِهِمْ ۗ وَإِنَّ كَثِيرًا مِنَ النَّاسِ لَفَاسِقُونَ 49
Tarjima:
Ular orasida Alloh nozil etgan narsa ila hukm yurit. Ularning xohishlariga ergashma va ular seni Alloh senga nozil qilgan narsada fitnaga solishlaridan hazir bo`l. Agar yuz o`girsalar, bilki, Alloh ularni ba'zi gunohlari tufayli musiybatga solishni iroda qilibdir. Albatta, odamlardan ko`plari fosiqlardir. Al-Ma'idah 5:49
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, ular oʻrtasida Alloh nozil qilgan hukmlar bilan hakamlik qiling. Koʻnglining koʻchasiga yuradiganlarning istaklariga quloq solmang. Alloh nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan sizni adashtirib yuborishlaridan ehtiyot boʻling. Bu yoʻlda ular hormay-tolmay harakat qiladilar. Alloh nozil qilgan hukmga rozi boʻlmay, yuz oʻgirib ketayotgan boʻlsalar, bilingki, Alloh ularni ayrim gunohlari uchun jazolamoqchi boʻlyapti. Boshqa gunohlari uchun jazolashni esa oxiratga qoldiryapti. Koʻp odamlar Allohga itoat etishdan bosh tortadilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Ma'idah • Oyat 48 Keyingi Al-Ma'idah • Oyat 50