Ey, iymon keltirganlar! Namozga turmoqchi bo`lsalaringiz, yuzlaringizni va qo`llaringizni chig`anoqlari ila yuvinglar. Boshlaringizga mas'h tortinglar. Va oyoqlaringizni to`piqlari ila yuvinglar. Agar junub bo`lsalaringiz, poklaninglar. Agar bemor yoki safarda bo`lsalaringiz yoxud birortalaringiz tahoratxonadan kelsa yoki ayollarga yaqinlik qilsa-yu, suv topa olmasalaringiz, bas, pokiza tuproq ila tayammum qilinglar. Undan yuzingizga va qo`llaringizga mas'h tortinglar. Alloh sizlarga qiyinchilik tug`dirishni istamas. Ammo sizlarni poklashni va sizlarga O`z ne'matini batamom qilib berishni istaydir. Shoyadki, shukr qilsangizlar.
Al-Ma'idah 5:6 ⧉