Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Ma'idah — Oyat 64 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Ma'idah • Oyat 120 dan 64 • Oʻzbekcha


وَقَالَتِ الْيَهُودُ يَدُ اللَّهِ مَغْلُولَةٌ ۚ غُلَّتْ أَيْدِيهِمْ وَلُعِنُوا بِمَا قَالُوا ۘ بَلْ يَدَاهُ مَبْسُوطَتَانِ يُنْفِقُ كَيْفَ يَشَاءُ ۚ وَلَيَزِيدَنَّ كَثِيرًا مِنْهُمْ مَا أُنْزِلَ إِلَيْكَ مِنْ رَبِّكَ طُغْيَانًا وَكُفْرًا ۚ وَأَلْقَيْنَا بَيْنَهُمُ الْعَدَاوَةَ وَالْبَغْضَاءَ إِلَىٰ يَوْمِ الْقِيَامَةِ ۚ كُلَّمَا أَوْقَدُوا نَارًا لِلْحَرْبِ أَطْفَأَهَا اللَّهُ ۚ وَيَسْعَوْنَ فِي الْأَرْضِ فَسَادًا ۚ وَاللَّهُ لَا يُحِبُّ الْمُفْسِدِينَ 64
Tarjima:
Yahudiylar: «Allohning qo`li bog`liqdir», dedilar. Qo`llari bog`lansin ularning! Aytganlari uchun la'natga uchrasinlar! Aksincha, Allohning ikki qo`li ochiq, xohlaganicha nafaqa qilur. Senga Robbingdan nozil qilingan narsa ulardan ko`plarining tug`yon va kufrini ziyoda qilur. Ularning orasiga qiyomat kunigacha dushmanlik va yomon ko`rishni soldik. Ular qachon urush olovini yoqsalar, Alloh o`chirur. Ular yer yuzida fasod qilib yurarlar. Alloh fasod qilguvchilarni sevmas. Al-Ma'idah 5:64
Tafsir:
Yahudiylar qurgʻoqchilikdan qiynalganlarida: "Allohning qoʻli bogʻlangan, xayr-ehson qilmaydi, bizdan mulkini qizgʻanadi", dedilar. Oʻzlarining qoʻllari bogʻlansin. Shu gaplari bilan Allohning rahmatidan quvilsinlar. Aksincha, Allohning Qoʻli ochiqdir, xayru ehsoni serobdir. Oʻzi istaganicha infoq-ehson qiladi. Istaganicha, ehsonini toʻxtatib ham qoʻyadi. Hech kimsa U Zotni toʻxtatolmaydi, majburlayolmaydi. Ey Paygʻambar alayhissalom, sizga nozil qilingan vahiy yahudiylarning tugʻyonini oshiradi, xolos. Negaki, ularning dillarida hasad bor. Biz ularning orasiga nafratu adovatni solib qoʻyganmiz. Qachon urush olovini yoqmoqchi boʻlib jamlansalar, Alloh uni oʻchirib, oʻzlarini tarqatib yuboraveradi. Ular qoʻllaridan kelgancha yer yuzida buzgʻunchilik qilaveradilar. Maqsadlari Islomga qarshi nayrang ishlatib, uni mahv etish. Alloh esa buzgʻunchilarni yoqtirmas.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Ma'idah • Oyat 63 Keyingi Al-Ma'idah • Oyat 65