Ular, hech qanday sinov bo`lmas, deb ko`ru kar bo`lib oldilar. So`ngra, Alloh ularni kechirdi. Keyin ulardan ko`plari yana ko`ru kar bo`lib oldilar. Alloh ularning qilayotganini ko`ruvchi Zotdir. Al-Ma'idah 5:71 ⧉
Tafsir:
Ular ahdu paymonni buzish, paygʻambarlarni yolgʻonchiga chiqarish va oʻldirish yomon oqibatlarga olib kelmaydi, deb oʻylashdi. Oʻylaganlari boʻlmadi, oʻylamaganlari boʻldi va ular haqni koʻrmaydigan koʻr, haqni eshitmaydigan kar boʻlib oldilar. Soʻng Alloh Oʻz fazli ila ularni kechirdi. Shundan keyin ham ulardan koʻplari yana koʻr va karga aylanib oldilar. Alloh ularning qilayotgan ishlarini koʻrib, bilib turguvchidir. Hech narsa Allohdan yashirin boʻlolmaydi. Yaqinda hammasining jazosini beradi.