Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Moida — Oyat 83 (Oʻzbekcha) — Video

Moida • Oyat 120 dan 83 • Oʻzbekcha


وَإِذَا سَمِعُوا مَا أُنْزِلَ إِلَى الرَّسُولِ تَرَىٰ أَعْيُنَهُمْ تَفِيضُ مِنَ الدَّمْعِ مِمَّا عَرَفُوا مِنَ الْحَقِّ ۖ يَقُولُونَ رَبَّنَا آمَنَّا فَاكْتُبْنَا مَعَ الشَّاهِدِينَ 83
Tarjima:
Ularni Payg`ambarga nozil qilingan narsani tinglaganlarida, haqni bilganliklaridan, ko`zlari yosh to`kkanini ko`rasan. Ular: «Ey Robbimiz, biz iymon keltirdik, bas, bizni shohidlar qatoriga yozgin», – derlar. Moida 5:83
Tafsir:
Ularning orasidagi Najoshiy kabi qalbi muloyim kishilar boʻlib, Qurondan nozil qilingan oyatlarni eshitganlarida uning haq ekanini tanib, yigʻlab yuboradilar. Chunki ular Iyso alayhissalom olib kelgan dinni yaxshi biladilar. Ular shunday deydilar: "Parvardigoro, Paygʻambaring Muhammad alayhissalomga nozil qilgan oyatlaringga iymon keltirdik. Bizni ham Qiyomat kunida odamlarga hujjat-guvoh boʻladigan ummati Muhammadiya qatoriga yozib qoʻygin".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Moida • Oyat 82 Keyingi Moida • Oyat 84