Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Moida — Oyat 90 (Oʻzbekcha) — Video

Moida • Oyat 120 dan 90 • Oʻzbekcha


يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالْأَنْصَابُ وَالْأَزْلَامُ رِجْسٌ مِنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ 90
Tarjima:
Ey, iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) cho`plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo`ling. Shoyadki, najot topsangiz. Moida 5:90
Tafsir:
Ey iymon keltirganlar, aqlni oladigan mast qiluvchi ichimliklar, birovning haqi boshqa birovga oʻtib ketishiga olib boradigan qimor, mushriklar ulugʻlab oldida jonliq soʻyadigan yoki ibodat qilganlarida oʻrnatib qoʻyadigan tosh va gʻaybdan oʻzlariga taqsimlangan narsani talab qilib ochiladigan fol choʻplari - bularning hammasi shayton chiroyli qilib koʻrsatayotgan gunohdir. Undan uzoq boʻlinglar. Shunda bu dunyoda farovon hayotga, oxiratda esa jannat nematlariga noil boʻlasizlar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Moida • Oyat 89 Keyingi Moida • Oyat 91