Bas, eslatgin: sen Robbing ne'mati ila folbin ham emassan, majnun ham emassan. At-Tur 52:29 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, siz Quron bilan eslatavering, pand-nasihat qilavering. Alloh sizga iymon berdi, aql berdi. Siz allaqanday kohin yoki majnun emassiz. Alloh ato etgan iymon va aqldek nematlarga noil boʻlgan kishining kohin yo majnun boʻlishi mumkin emas.