Balki, ular, hech narsadan hech narsa yo`q, o`zlari yaralgandirlar?! Yoki ular yaratuvchilarmi? At-Tur 52:35 ⧉
Tafsir:
Balki ular hech yaratuvchisiz oʻzlaricha yaratilib qolgandirlar! Yoki ular oʻzlarini oʻzlari yaratgandirlar! Hech narsa yaratuvchisiz yaratilmaydi. Hech bir narsa oʻzidan oʻzi yaratilib qolmaydi. Shunday ekan, nega yaratuvchilariga ibodat qilmaydilar?!