Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-An'am — Oyat 28 (Oʻzbekcha) — Video

Al-An'am • Oyat 165 dan 28 • Oʻzbekcha


بَلْ بَدَا لَهُمْ مَا كَانُوا يُخْفُونَ مِنْ قَبْلُ ۖ وَلَوْ رُدُّوا لَعَادُوا لِمَا نُهُوا عَنْهُ وَإِنَّهُمْ لَكَاذِبُونَ 28
Tarjima:
Yo`q! Unday emas. Ular oldin maxfiy tutgan narsa o`zlariga oshkor bo`ldi, xolos. Agar ular (bu dunyoga) qaytarilsalar ham, o`zlari man qilingan narsaga qayturlar va, albatta, ular yolg`onchilardir. Al-An'am 6:28
Tafsir:
Ish ular aytgandek emas. Ular dunyo hayotiga qaytarilsak, iymon keltirardik, dedilar. Aslida ularning "Allohga qasamki, biz mushriklar emasmiz", degan gaplarining misi chiqib qoldi. Chunki ularga qarshi oʻzlarining tana azolari guvohlik berdilar. Ular dunyo hayotiga qaytarilgan taqdirda ham baribir oʻsha kufru shirkiga qaytgan boʻlardilar. Ularning: "Qaytsak, iymon keltirardik", degan davolari yolgʻon.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-An'am • Oyat 27 Keyingi Al-An'am • Oyat 29