Sen: «Agar rostgo`y bo`lsalaringiz, ayting-chi, sizga Allohning azobi yoki qiyomat soati kelganda, Allohdan boshqaga duo qilasizlarmi?» – degin. An'om 6:40 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, anavi mushriklarga ayting: "Mabudlarimiz foyda keltiradi va zararni daf qiladi, degan gaplaringiz rost boʻlsa, aytinglar-chi, sizlarga Allohning azobi kelsa yoki Qiyomat qoyim boʻlsa, baloyu ofatlardan qutqarishini soʻrab kimga duo-iltijo qilasizlar? Allohgami yoki oʻsha mabudlaringizgami?