Bizning balomiz ularga yetganda, tazarru' qilsalar edi! Lekin qalblari qattiq bo`ldi va shayton ularga qilayotgan ishlarini ziynatlab ko`rsatdi. Al-An'am 6:43 ⧉
Tafsir:
Biz yuborgan balo kelganida tavba-tazarru qilib, Allohga egilsalar edi, boʻysunsalar edi. Shunda Alloh ularning musibatini aritardi. Lekin ular bunday qilmadilar. Ularning qalblari qotib, toshbagʻir boʻlib ketgandilar. Ularga hech qanday nasihat kor qilmaydigan boʻlib qolgandi. Boz ustiga shayton ularga qilayotgan ishlarini, kufru isyonlarini chiroyli qilib koʻrsatardi. Natijada adashgandan adashib boraverdilar.