Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An'om — Oyat 46 (Oʻzbekcha) — Video

An'om • Oyat 165 dan 46 • Oʻzbekcha


قُلْ أَرَأَيْتُمْ إِنْ أَخَذَ اللَّهُ سَمْعَكُمْ وَأَبْصَارَكُمْ وَخَتَمَ عَلَىٰ قُلُوبِكُمْ مَنْ إِلَٰهٌ غَيْرُ اللَّهِ يَأْتِيكُمْ بِهِ ۗ انْظُرْ كَيْفَ نُصَرِّفُ الْآيَاتِ ثُمَّ هُمْ يَصْدِفُونَ 46
Tarjima:
Ularga: «Ayting-chi, agar Alloh quloq va ko`zlaringizni olib qo`ysa, qalblaringizga muhr bossa, Allohdan o`zga qaysi iloh uni sizga beradi», degin. Biz oyatlarni qanday keltirishimizga, so`ngra ularning qanday yuz o`girib ketishiga nazar sol. An'om 6:46
Tafsir:
Ey Paygʻambar, anavi mushriklarga ayting: "Alloh quloqlaringizni olib, kar qilib qoʻysa, koʻzlaringizni olib, koʻr qilib qoʻysa, qalbingizga muhrlasa, shu bilan hech narsani eshitmaydigan, koʻrmaydigan, anglamaydigan gumrohga aylansangizlar, xoʻsh, Allohdan boshqa qaysi bir mabud sizlarga ularni qaytarib bera oladi?! Ey Paygʻambar, Bizning ularga hujjatlarni xilma-xil suratda qanday bayon qilayotganimiz, ularning esa qanday yuz oʻgirib ketayotganlari haqida fikr qiling.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An'om • Oyat 45 Keyingi An'om • Oyat 47