Ulardan oldin qancha asrlarni halok qilganimizni bilmaslarmi? O`shalarga yer yuzida sizlarga bermagan imkonlarni bergan edik. Osmondan ustlariga baraka yomg`iri yuborgan va ostlaridan anhorlar oqib turadigan qilib qo`ygan edik. Bas, gunohlari tufayli ularni halok qildik va o`rinlariga boshqa asrlarni paydo qildik. Al-An'am 6:6 ⧉
Tafsir:
Anavi kofirlar Allohning zolim ummatlarni qanday halok qilishi haqidagi qonuniyatini bilmaydilarmi?! Alloh ulardan oldingi koʻp ummatlarni halok qilgandi. Ummatlarki, ularga oʻsha kofirlarga bermagan kuch-quvvat va imkoniyatlarni ato etgandi. Ularga yomgʻirlarni serob qilib, uylari ostidan anhorlarni oqizib qoʻygandi. Ular esa shukr qilish oʻrniga gunohga botdilar va Alloh ularni qilgan gunohlari tufayli halokatga uchratdi. Ulardan keyin esa boshqa ummatlarni yaratdi.